Biz
haqimizda
2020-yil fevral oyida Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes egalarini qo'llab quvvatlash, marketing va reklama xizmatlarini kuchaytirish maqsadida Star Line kompaniyasiga asos solindi!
Dastlab indoor ya’ni ichki reklamalarini yo’lga qo’yib, tez fursat ichida ushbu yo’nalish ko’plab mijozlarni o’ziga jalb qila oldi. Shu sabab biznes egalariga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2021-yilga kelib SMM (ijtimoiy tarmoqlar marketingi) xizmatlari ham tashkil qilindi!
Yangilanayotgan xizmat turlari, mijozlar va aholi uchun foydali ekanini kuzatishlarimiz natijasida namoyon bo’ldi. Shu yilning o’zida tashqi reklamalar ya’ni billboard va led monitorlarini ham mijozlar talablaridan kelib chiqgan holda Star Line xizmatlari safiga qo’shildi!
Xizmatlarimiz
Ichki reklama
Indoor (ichki reklama) – bu restoran, kafe, oshxona, savdo markazlari, shifoxonalar, ko’ngil ochar markazlarda o’rnatilgan televizorlarda reklama namoyishi hisoblanib, bugungi kunda ko’plab qamrovga ega asosiy reklama xizmatidan biri hisoblanadi.
Bu reklama xizmati orqali aholining asosiy qismini jalb qilish imkoniyati mavjud. Ichki reklama televideniyadagi reklamalardan farq qilgan holda ancha samarali. Chunki, bugungi kunda odamlar ko’p vaqtini uyda televizor ko’rib o’tirishdan ko’ra restoran, kafe, savdo markazlarida o’tkazishmoqda.
Ichki reklama tariflari
24 martagacha ko'rsatiladi.
Kunning odam gavjum vaqtida namoyishi (tushlik - kechki).
Tashqi
LED reklama
Outdoor (tashqi reklama) – bu shahar markaziy ko’chalarida hamda markaziy yo’llar yoqasida joylashgan led ekranlari va bilboardlarda (markazlardagi bannerlar) reklama joylashtirish xizmatidir.
Ushbu xizmat turida siz o’z mahsulot va xizmatingizni qatnov yuqori bo’lgan nuqtalarda o’rnatilgan led ekranlar hamda diqqatni tortuvchi bilboardlarda reklama qilish xizmatidir.
Tashqi
Bilboard reklama
Bugungi kunda 6ta led ekran hamda 24 ta bannerlarga egamiz. Tashqi reklama ko’chalarda, transport qatnovi yuqori bo’lgan qismlarda grafik rasmlar hamda video tasvirlar orqali mijozlar e’tiborini jalb qilish, tovarlar va xizmatlar savdosini oshirishga mo’ljallangan.
Tashqi reklamaning afzalliklari: Ushbu reklama turi ko’chalarda tashkil etilganini hisobga olganda mahsulot va xizmat haqida ko’plab piyodalar va haydovchilar xabar topish imkoniyatini yaratadi.
Avtobuslarda
reklama
Jamoat transporti sekin yurgani uchun reklama 15 sekundgacha ko'zga tashlanib turadi. To'xtagan avtobus esa doimiy reklama qurilmasiga aylanadi, reklama 1daqiqagacha ko'zga tashlanib turadi.
Janga
shaymiz
Bizning
mijozlarimiz
Bog'lanish
uchun
- info@starline.uz
- +99899 731-25-25 +99897 851-25-25
- Termiz shahar I.Karimov 175/4







